KOMPETENSIYAVIYLIKKA ASOSLANGAN TIL TA’LIMIDA TAYANCH KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING ASOSLAR

Authors

  • Abdullayeva Sitora Alisherovna Buxoro Tabiiy Resurslarni Boshqarish Instituti Author

Keywords:

lingvistik, kompetensiya, integrativ yondashuv, gumanitar madaniyat, kommunikativ kompetensiya, kommunikatsiya jarayoni, adresat nutqi,

Abstract

Jahonda ilm-fan, texnika, iqtisod sohalari taraqqiyotining jadallashuvi, axborot tizimining globallashuvi, tezkor axborot olish, yaratish va uzatish zaruriyati bois bugungi kun o‘quvchisida lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish til ta’limining bosh ustuvor vazifasiga aylandi. Shu nuqtai nazardan ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik, xususan, til va nutq birliklari hamda hodisalarini anglash, tushunish, tahlil qilish va faoliyatda to‘g‘ri, maqsadli, aniq qo‘llashga doir tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Integrativ yondashuvni ta’lim jarayonida qo‘llashning dolzarbligi uning o‘z mantig‘idan kelib chiqadi. Muhim vazifalardan biri o‘quvchilarda integrativ yondashuv asosida dunyoning yaxlit manzarasi haqidagi tasavvurlarning hosil bo‘lishidir. Uning asosini o‘quvchi shaxsini shakllantirish maqsadi tashkil etadi. Integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda yaxlit nuqtai nazar, kasbiy qiziqishlar, gumanitar madaniyat va keng dunyoqarash shakllanadi

References

Proceedings of the 12th International Congress of Linguists. Vienna, 1977 (ed.By Dressler W.) Meid W. – Innsbruck: Inst. Fir Sparchwissenschaft, 1978.–R.829.

Qodirov M., Ne’matov H., AbduraimovaM., Sayfullayeva R. Ona tili. Umimiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.–Toshkent: Cho‘lpon, 2006.

Qodirov M., Ne’matov H., AbduraimovaM., Sayfullayeva R., Mengliyev B. Ona tili. Umimiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Cho‘lpon, 2019.

NurmonovA. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: SHarq, 2001.

NurmonovA., ZiyodullaevaG. O‘quvchilarning til kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish muammolari // Ma’rifat, 2014,18 iyul.–B.9.

NurmonovA., XakimovM. Lingvistiktayanchaningnazariyshakllanishi // O‘zbektilivaadabiyoti, 2001, 4-son, – B. 54-58.

Mirqosimova M. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtir ish asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.

Muxitdinova X.S. O‘zbek tilini o‘qitishda uzluksizlikni ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari. Monografiya. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2008. – 162 b.

Downloads

Published

2024-04-22

How to Cite

KOMPETENSIYAVIYLIKKA ASOSLANGAN TIL TA’LIMIDA TAYANCH KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING ASOSLAR. (2024). YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 1(3), 68-71. https://phoenixpublication.uz/index.php/yoyt/article/view/687